Gela Due «Bayer»ga o'tishga rozi bo'ldi
Kicker xabariga ko'ra, Gela Due «Bayer»ga o'tishga rozi bo'ldi. Leverkuzen klubi «Strasbur» bilan transfer narxi bo'yicha muzokaralar olib bormoqda.
📰 Kicker xabariga ko'ra, Gela Due «Bayer»ga o'tishga rozi bo'ldi va endilikda Leverkuzen klubi «Strasbur» bilan transfer summasi bo'yicha kelishib olish uchun barcha choralarni ko'rmoqda.
«Bayer» Due transferi uchun Palasiosning sotuvidan tushgan mablag'ni, ya'ni bonuslar bilan birga 30 million yevroni sarflashga tayyor. Shu bilan birga, «Strasbur» o'z talablarini saqlab qolmoqda va himoyachi uchun 40 million yevro yoki undan ko'proq mablag' olishni ko'zlamoqda.