Fabio Kardoso «Sevilya»dan ketishni istamayapti
Fabio Kardoso «Sevilya»dan ketishni istamayapti va shartnomani bekor qilish uchun kompensatsiyadan voz kechmoqchi emas. O'yinchi tarkibdan chetlatilgan.
💰 Kardoso bilan bog'liq vaziyat:
O'yinchiga mavsumoldi tayyorgarligining birinchi kunidanoq u jamoadan chetlatilgani va klubga kerak emasligi ma'lum qilingan edi. Shu vaqt ichida u yangi klub topishi kerak edi.
O'yinchi bo'yicha takliflar kelib tushmadi. Fabio shartnomani bekor qilishni istamayapti va bir yevrodan ham voz kechmoqchi emas.
U hali ham transfer oynasi ochiq bo'lgan boshqa chempionatdagi klubga (masalan, o'z vataniga, Portugaliyaga) ketishi mumkin.
Agar u ketmasa, keyingi transfer oynasigacha tarkibdan tashqarida qoladi.
📰 Edu Saninya