Felipe Chaves: «Bavariya»ga qarshi o'yin biz uchun ajoyib sinov bo'ladi»
Felipe Chaves Germaniya kubogi doirasida «Bavariya»ga qarshi bo'ladigan bahs haqida o'z fikrlarini bildirdi.
Felipe Chaves Germaniya kubogining ikkinchi bosqichida «Magdeburg»ning «Bavariya»ga qarshi o'yini haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Men uchun bundan yaxshiroq variant bo'lishi mumkin emasdi. Albatta, juda xursandman. Bu, shubhasiz, qiyin vazifa bo'ladi, lekin biz g'alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqishni istaymiz»