Filip Stankovich «Venetsiya» safida ajoyib o'yin ko'rsatdi
Filip Stankovich «Napoli»ga qarshi o'yinda ajoyib harakat qildi. «Venetsiya» uni «Inter»dan sotib olgan bo'lsa-da, milanliklar futbolchi bo'yicha huquqqa ega.
Filip Stankovichning «Napoli»ga qarshi o'yindagi ajoyib harakatlari ko'pchilikni befarq qoldirmadi.
Serbiyalik darvozabon Kevin De Bryuyning penaltisini va «Napoli»ning darvoza sohasiga yo'llagan barcha zarbalarini qaytarib, darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Bu esa «Venetsiya»ga g'alaba keltirdi (1-0).
Uning shartnomasi bilan bog'liq vaziyat qanday? 2025-yil yozida «Venetsiya» uni «Inter»dan taxminan 2 million yevro evaziga sotib olgan edi. Biroq «Inter» keyingi transfer summasining 50 foizini o'zida saqlab qolgan va shu sababli, venetsiyaliklar klubi so'raydigan summaning yarmi evaziga uni Milanga qaytarib olishi mumkin.
FcInter1908.it