Paulo Fonseka «Sporting» bosh murabbiyi bo'lishi mumkin
Flavio Koshta xabariga ko'ra, Paulo Fonseka «Sporting»ning yangi bosh murabbiyiga aylanadi. Ruy Borjesh yaqin orada lavozimidan ozod etiladi.
Flavio Koshta (u bir necha kun avval «Sporting»ning Pauluga bo'lgan qiziqishi haqida birinchi bo'lib xabar bergan edi): 🚨 Paulo Fonseka «Sporting»ning yangi bosh murabbiyi bo'ladi.
Ruy Borjesh yaqinlashib kelayotgan terma jamoalar o'yinlari tanaffusi vaqtida iste'foga chiqariladi, «Lion»ning amaldagi ustozi esa o'z ishini boshlash uchun shu davrda «Alvalade»ga yetib kelishi kerak.