Inter va Milan yangi stadiondan qancha daromad olishi mumkin?
Inter va Milan yangi Generali Stadium qurilishi orqali o'yin kunlaridan olinadigan daromadlarini sezilarli darajada oshirishi kutilmoqda.
«Inter» va «Milan»ning yangi Generali Stadium'dan oladigan potensial daromadlari ma'lum bo'ldi.
Bugungi kunda «Inter»ning o'yinlardan olgan daromadi bo'yicha rekordi 103,6 mln yevroni tashkil etadi — bu ko'rsatkich 2024/25 yilgi mavsumda qayd etilgan. «Milan» rekordi esa 2023/24 yilgi mavsum yakunlariga ko'ra 82,3 mln yevroni tashkil qiladi.
Taqqoslash uchun: «Real Madrid» yaqinda bu ko'rsatkichni 363 mln yevrogacha ko'tardi.
Football Benchmark RevPEPAS ko'rsatkichidan foydalanadi — bu bitta tadbir uchun bitta mavjud tomoshabin o'rniga to'g'ri keladigan daromad.
2024/25 yilgi mavsumda «Inter»ning ko'rsatkichi 47,1 yevroni tashkil etdi — bu Yevropada atigi 17-o'rin. «Milan»da esa bu ko'rsatkich yanada pastroq: 33,9 yevro va 38-o'rin. Taqqoslash uchun, «PSJ»da ko'rsatkich 147,4 yevroga, «Real»da esa 102,5 yevroga yetgan.
2025/26 yilgi mavsumda «Real» ushbu ko'rsatkichni bitta o'rin uchun 172,3 yevrogacha oshirdi.
Football Benchmark baholashiga ko'ra, Generali Stadium tufayli «Inter» va «Milan» RevPEPAS darajasini 90 dan 110 yevrogacha bo'lgan diapazonga olib chiqishi mumkin.
Stadion sig'imi 71 500 tomoshabinni tashkil etsa va yiliga taxminan 27 ta uy uchrashuvi o'tkazilsa, bu har bir klubga yiliga 174–212 mln yevro miqdorida o'yinlardan daromad keltirishi mumkin.