Frank Artiga «Rubin»dagi faoliyati davomida o'z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani ma'lum bo'ldi
Frank Artiga «Rubin»dagi faoliyati davomida o'z ishiga mas'uliyatsizlik bilan yondashgani va murabbiylik vazifalarini bajarmagani ma'lum bo'ldi.
Frank Artiga Qozondagi mashhur barlardan birining doimiy mijoziga aylangandi. U tushlik vaqtida ishdan ketar, nazariy mashg'ulotlarni deyarli o'tkazmas hamda futbolchilar bilan kam muloqot qilardi. «Rubin»ning sobiq ustozi muntazam ravishda ispaniyalik yordamchilari bilan birga ichimlik muassasalarida dam olib, murabbiylik kasbiga yetarlicha e'tibor qaratmasdi.
O'yinlar oldidan Frank jamoani bazaga (karantinga) yuborardi, o'zi esa uyiga yoki o'sha barga yo'l olardi. Bu holat jamoada tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi. Shuningdek, u jamoaning jismoniy holati ustida ishlashda muvaffaqiyatsizlikka uchradi — futbolchilar maydonda yuklamalarni ko'tara olmayotganliklarini ta'kidlashgan.
Eng hayratlanarlisi shundaki, Artiga futbolchilar bilan o'yinlarni tahlil qilmagan, ular bilan deyarli gaplashmagan va xatolar ustida ishlamagan. Murabbiy ijobiy narsalarga e'tibor qaratish foydaliroq deb hisoblagan, yomon natijalarni esa faqat Daku o'rnini bosadigan futbolchi yo'qligi bilan bog'lagan, — deya xabar bermoqda Karp.
«Vechernyaya Kazan» nashriga bergan intervyusida o'z ishdan bo'shatilishini oqlashga urinayotgan insonni fosh qilish vaqti keldi. Unda Artiga hujumkor sxemaga o'tish 17 nafar futbolchining ketishi va tarkibning kuchaytirilmagani sababli amalga oshmaganini da'vo qilgan.
Vaholanki, uning muvaffaqiyatsizligi sababi boshqada: futbolchilar Frankning talablarini tushunishmagan. Ispaniyalik mutaxassis taklif qilgan gibrid tizim ishlamadi. Yig'inlarda jamoa qiynaldi, o'ynamadi — bu holat mavsumga ham ko'chdi.
E'tiborli jihati shundaki, u ketganidan so'ng Kuzmin boshchiligidagi «Rubin» «Spartak» va «Lokomotiv»ga qarshi o'yinlarda 20 dan ortiq zarba yo'llab, 2,5 va 3,5 xG ko'rsatkichini qayd etdi. Artiga davrida bunday raqamlar yaqiniga ham kelinmagan, garchi futbolchilar o'sha-o'sha bo'lsa ham.
17 nafar futbolchi ketgani haqidagi gap — navbatdagi asossiz bahona. Yozda «Rubin»ni asosiy tarkibdan atigi 2 nafar futbolchi — Daku va Kuzyaev tark etdi.
Zotov (bahorda RPLda 36 daqiqa), Ivanov — 45, Apshashev — 50, Vasilev — 57. Mukba, Shves, Lomovitskiy, Toxeri, Chuni, Chumich, Drezgichlar esa jarohatda yoki ijarada bo'lishgan. Ammo Frank nega o'zini qurbon qilib ko'rsatib, xayoliy yo'qotishlarni o'ylab topayotgani tushunarsiz.
Ha, «Rubin» transfer kampaniyasini ideal darajada o'tkazmadi: eng yaxshi hujumchi ketdi + Oleynikov, Babkin va Tongya bilan kelishuvlar barbod bo'ldi. Biroq Frankning oqlanishlari hayrat uyg'otadi, jamoa bilan nazariy ishlar olib borilmagani esa shok holatiga soladi.
Uning «barbosh» boshqaruvi ostida «Rubin» 12 ta o'yinda atigi 12 ochko to'pladi. Bu o'z yetakchilarini yo'qotgan «Baltika» (14), «Krylya Sovetov» (15) va «Orenburg» (16) ko'rsatkichlaridan ham kamroq.
Shu bilan birga, markaziy himoyachi pozitsiyasiga «Rubin» Urozovni (JCHda «Borussiya» va «Nant» e'tiborini tortgan), qanot himoyasiga — Samoshnikovni («Spartak»ka o'tishidan oldin Cherkizovoda top darajada edi) + Ignatevni (FNLning eng yaxshi chap qanot himoyachisi), hujumga esa Salsedoni (Artiga ketganidan so'ng darhol RPLda gol urdi) olib keldi.
Yana murabbiyning suyuklisi Nacho sotib olindi + rivojlanish uchun 19 yoshli Ivanov va 21 yoshli Babaevlar imzolandi.
Bungacha Qozonda Daku o'rniga Sive tayyorlab qo'yilgandi, u 5 ta gol urdi. Bu Golenkov (2), Raxmanovich (4) va Guzina (2) qayd etgan natijadan ko'proq. Ustiga-ustak, «Barsa» tizimidan kelgan murabbiy Motorinni xuddi bir vaqtlar Yamalni rivojlantirganidek tarbiyalashi kerak edi.
Ammo afsuski, Artiga faqatgina hujumchi sotib olishmaganidan noliydi. Vaholanki, bahorda «Rubin» «Krasnodar» va «Lokomotiv»ni mag'lub etganida — jarohatlangan Dakuning yo'qligi hech kimni tashvishga solmagandi.
Mavjud resurs bilan ishlash o'rniga, murabbiy hatto nazariy mashg'ulot ham o'tkazmagan. U xatolarni tahlil qilishdan ko'ra, ijobiy narsalarga e'tibor qaratish kerak deb hisoblagan. «Bavariya» o'yinini tahlil qilishdan uyqusiz tunlarni o'tkazib, kasalxonaga tushib qolgan Kompani bunday yondashuvdan aqldan ozgan bo'lardi.
Artiga mas'uliyatni Safiullin va Dzyubaga yuklab, o'zi esa hech narsa qilmadi. Prezident ajoyib baza qurib, barqaror moliyalashtirishni ta'minlagan bo'lsa-da («Rostov» «Rubin»dan yuqoriroq, lekin u yerda bunday sharoit haqida faqat orzu qilishlari mumkin), sport direktori murabbiyni taklif qilishga aloqador emasdi, lekin Samarenkin tomonidan lobbi qilingan Frankka yordam berib kelgan.
Shu bois ispaniyalik «shabashnik»ning ishdan bo'shatilishi 1000 foiz haqli. Artiga atrofidagilarni ahmoq, o'zini esa oppoq qilib ko'rsatishga urinmoqda. Rossiyada yana ish topishni orzu qiladi.
Ammo uning barlarga bo'lgan muhabbati va past malakasi Tataristonning bosh futbol klubi o'yin sifatiga keskin ta'sir ko'rsatganidan so'ng, u yerda muvaffaqiyatga erishishi dargumon.