Frans van Syumeren «Utrext»dagi ta'sirini oshirmoqda
Frans van Syumeren «Utrext»dagi aksiyalar ulushini oshirmoqda. Kuzatuv kengashi tarkibi qisqartiriladi, o'zgarishlar KNVB tomonidan tasdiqlanishi kerak.
🙂Frans van Syumeren kelasi mavsumda «Utrext» kuzatuv kengashini tark etadi, biroq uning ta'siri yanada kuchayadi. Uning aksiyalar ulushi 50,5% dan 55% ga ko'tariladi.
Shuningdek, kuzatuv kengashi tarkibi besh kishidan uch kishiga qisqartiriladi va aksiyadorlar soni ham kamayadi.
Ushbu o'zgarishlar kuchga kirishi uchun Niderlandiya Qirollik futbol ittifoqi (KNVB) ma'qullashi talab etiladi.