Funes: «Hakam «Madrid» futbolchilariga qarab nafas olsak ham fol qayd etmoqda»
«Malaga» bosh murabbiyi Funes «Madrid»ga qarshi o'yindagi hakamlikdan norozi ekanligini bildirdi.
«Malaga» ustozi Funes hakamlikdan norozi ekanligini bildirdi:
«Shunday taassurot qoldirmoqdaki, hakam hatto biz «Madrid» futbolchilari tomon nafas olsak ham fol qayd etmoqda. Bizning o'yinchilar esa qoida buzilishini qayd etishlari uchun qon ichida qolishlari kerak», — dedi murabbiy.