Gaya: "Menga ko'rsatilgan qizil kartochka sariq bo'lishi kerak edi"
"Valensiya" sardori Gaya "Real Madrid"ga qarshi o'yindagi qizil kartochkasi hamda Maffeo va Mbappe o'rtasidagi epizod haqida fikr bildirdi.
Gaya ("Valensiya" sardori): ""Madrid"ga qarshi o'yindagi qizil kartochkam haqida gapiradigan bo'lsam, menimcha, bu qizil emas, balki sariq kartochka edi. Men haqiqatan ham qattiq o'ynadim, lekin Mbappe jarohatlash niyatida emasdim.
"Madrid"ning birinchi goli bizning ahvolimizni ancha og'irlashtirib yubordi. Maffeo va Mbappe o'rtasidagi epizod esa oddiy to'p uchun kurash edi. Mening nazarimda, o'sha vaziyatda Maffeo tomonidan qoida buzilishi kuzatilmagan".