Genri Uinter: «Manchester Yunayted» Maykl Kerrikni qo'ldan chiqarmasligi kerak»
Jurnalist Genri Uinter Maykl Kerrikning «Manchester Yunayted» uchun ahamiyati haqida fikr bildirdi.
🗣️ Genri Uinter, The Times:
«Agar «Manchester Yunayted» Maykl Kerrikdan voz kechsa, u holda klub uchun jon kuydiradigan eng yaqin insondan ayrilgan bo'ladi.
U «Yunayted» haqida Gleyzerlar oilasidan (bu yaqqol ko'rinib turibdi), Retkliff, Uilkoks va Berrardadan, shuningdek, kutgan natijani bermayotgan Brunu Fernandesh va boshqa o'yinchilardan ko'ra ko'proq qayg'uradi».