Hansi Flik matbuot anjumanida jamoaning o'yin uslubi, futbolchilarning o'sishi va kelgusi maqsadlar haqida gapirdi.
❓Sizni nima ko'proq quvontiradi: Jezusning goli yoki uning himoyadagi harakatlari?
🗣 Xansi Flik: «Har bir futbolchi himoyada ishtirok etishi shart: ham hujumchilar, ham himoyachilar. Biz to'pga egalik qilganimizda himoyachilar hujumga qo'shiladi, himoyalanganda esa hujumchilar himoyaga yordam berishi kerak. Menimcha, bu bizning ustunligimiz — har kim o'yinga jalb qilingan va jamoa uchun mas'uliyatni his qiladi, uning bir qismi ekanligini tushunadi. Bu fantastika. Men o'yindan oldin Gabriel ajoyib futbolchi ekanligini aytgandim. U Rafinyadan farq qiladi, bu aniq. Ammo u qanday gol urayotganiga qarang: bu uning kuchli tomoni. Darvoza qarshisida turib, u qaysi burchakka zarba berish kerakligini aniq biladi. Bugun u yuqori saviyadagi o'yin ko'rsatdi va men undan mamnunman».
❓Bugun Jerar Martin «Barselona» safidagi yuzinchi o'yinini o'tkazdi. Va sizning qo'l ostingizdagi yuzinchisi. Agar siz uning birinchi o'yinidan buyon eng ko'p o'sgan jihatini ajratib ko'rsatishingiz kerak bo'lsa, bu nima bo'lardi?
🗣 Xansi Flik: «O'ziga bo'lgan ishonch. U hozir qanchalik o'ziga ishonganini ko'rishingiz mumkin. U bizning o'yin uslubimizga to'liq moslashdi. Yuqori himoya chizig'i bilan o'ynash unga oson emas, lekin u borini bermoqda. Shuningdek, u o'ynaganda biz darvozamiz daxlsizligini saqlab qolamiz deb o'ylayman. Albatta, har bir futbolchi doimo rivojlanishi va yaxshilanishi mumkin, ammo bugungi kunda uning o'yini u yuqori saviyada ekanligini isbotlaydi. Menimcha, uni kutilganidan ham ko'proq kam baholashadi. Axir u jamoamizning juda muhim qismi».
❓Bugun Erik Garsiya himoya markazida o'ynadi. Bunday tanlov nimaga bog'liq? Va tarkibni boshqarish hamda markaziy himoyachilar rotatsiyasini o'tkazish siz uchun qanchalik qiyin, ayniqsa Kristensen jarohat olgan vaziyatda?
🗣 Xansi Flik: «Men Erik va Jyul bilan gaplashdim, ikkalasi ham qanotda o'ynashni xohlashadi. Ammo Erik ham jamoaga yordam berishni istaydi, shuning uchun biz shunday qarorga keldik, chunki Kubarsi ko'p o'yin o'tkazdi, terma jamoada ko'p daqiqa harakat qildi. U yosh futbolchi, har bir o'yinda maydonga tusha olmaydi. Biz uchun unga dam berish muhim edi, lekin shu bilan birga boshqa futbolchilarga ham ular bizga kerakligini va har bir o'yinchi muhimligini ko'rsatdik, biz aynan shunday qildik».
❓Jamoa terma jamoalar tanaffusidan keyin ham sur'atni pasaytirmadi. Bu jamoaning imkoniyatlari qanday, ayniqsa oldinda qiyin haftalar va kuchliroq raqiblar kutib turganini hisobga olsak?
🗣 Xansi Flik: «Men uchun har bir o'yin noyob, shunday bo'lib qolgan. Biz har bir o'yinda motivatsiyaga ega bo'lishimiz va uni to'g'ri kayfiyat bilan boshlashimiz, har bir bahsda zarur bo'lgan narsaga e'tibor qaratishimiz kerak. Men uchun eng muhimi shu. Har bir o'yin noyob, bugun vaziyatlar yaratish oson bo'lmadi. Biz birinchi golni urdik va rejamiz to'pga egalik qilish, raqibni harakatlanishga majbur qilish, o'yin borishini nazorat qilishdan iborat edi. O'ylaymanki, biz buni yanada yaxshiroq bajara olamiz. Buni yaxshilashimiz kerak. Ba'zi vaziyatlarda oldinga o'ynashni xohlaymiz, keyin to'pni yo'qotamiz va egalikni qaytarish uchun orqaga qaytishga majbur bo'lamiz. Muayyan daqiqalarda biz yanada yetukroq o'ynashimizni istardim va buni tuzatishimiz kerak. Ammo hozir biz juda yaxshi saviyada o'ynayapmiz. Murabbiy sifatida har doim ham hamma narsadan qoniqmayman, lekin bu normal holat. Men doimo nimani yaxshilash kerakligini va qayerda xatolarni tuzatish lozimligini ko'raman. Bu ham jamoa rivojlanishining bir qismi».
❓Jamoangiz 2024-yil dekabrida «Atletiko»dan uchralgan mag'lubiyatdan beri uyda yutqazmadi. «Kamp Nou» raqiblar ochko olishi qiyin bo'lgan qal'aga aylangani siz uchun qanchalik muhim va kiyim almashtirish xonasida qandaydir rekord o'rnatish haqida o'ylashadimi?
🗣 Xansi Flik: «Biz rekordlar o'rnatish uchun o'ynamaymiz. Biz shunchaki o'yinlarda g'alaba qozonishni xohlaymiz va aytganimdek, keyingi, yana keyingi o'yinga e'tibor qaratganmiz. Keyin esa nima bo'lishini ko'ramiz. Biz shunday bo'lishini istaymiz. Biz har kuni g'alaba qozonishni xohlaymiz va men uchun eng muhimi shu. Boshqa hech narsa, gap rekordlar o'rnatishda emas. Biz sovrinlar yutishni istaymiz. Agar biror narsa qo'shimcha tarzda kelsa, biz buni qabul qilamiz, lekin undan ortig'i emas».