Gerrero: «Real Madrid»ga barqarorlik yetishmayapti
«Atletik» sobiq futbolchisi Gerrero «Real Madrid»ning mavsum boshidagi o'yini va jamoaviy barqarorlik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
Gerrero (sobiq «Atletik» futbolchisi va Onda Cero eksperti): «Madrid»ga mavsum boshida barqarorlik yetishmayapti. Bu jamoa o'n daqiqa ichida 3 ta gol urib, o'yin borishini o'zgartirib yuborishi mumkin, ammo ularga barqarorlik yetishmaydi.
Jamoa birligi barqarorlik uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega deb o'ylayman. Aynan shuning uchun «Madrid» futbolchilari jamoa bo'lib harakat qilishlari kerak. Barqarorlik har bir futbolchining jamoaga to'liq kirishishi evaziga erishiladi. Agar bir nechta o'yinchi konsentratsiyani yo'qota boshlasa, jamoaga ancha qiyinlashadi.
Shunga qaramay, «Madrid»da bu borada o'sish uchun ko'plab imkoniyatlar bor deb hisoblayman»