Gertyan Verbek: "Peter Bosh "Ayaks"ga havas qilayotgan bo'lishi mumkin"
Gertyan Verbek "Ayaks"ning transfer siyosati va tarkibdagi chuqurlik haqida gapirdi.
Gertyan Verbek "Ayaks"ning transfer siyosati va tarkibdagi chuqurlik haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
"Kroyffga jiddiy mablag' sarflashga ruxsat berishdi va u bundan unumli foydalandi. Hatto 20 million yevrolik hujumchisi ham zaxirada o'tiribdi. Agar ular Brandt va Amrabatni qo'lga kiritganini, tarkib qanchalik rang-barang ekanini va zaxira o'rindig'i qanchalik chuqur ekanini ko'rsangiz, o'ylaymanki, Peter Bosh "Ayaks"ga biroz havas bilan qarayapti".