UEFA Luis Figuni FIFA prezidentligiga nomzod sifatida ko'rmoqda
UEFA rasmiylari FIFA prezidenti lavozimiga Luis Figu nomzodini ilgari surmoqda. Gianni Infantinoga raqib izlash jarayoni davom etmoqda.
UEFAning bir nechta rasmiylari "Inter"ning sobiq futbolchisi Luis Figuni FIFA prezidenti lavozimiga ilgari surmoqda.
FIFA prezidentligi uchun ariza topshirish muddatiga uch kun qoldi va UEFA hali ham Gianni Infantinoga raqib bo'la oladigan nomzodni qidirmoqda. Vengriya futbol federatsiyasi prezidenti Shandor Chani, so'ngra o'z nomzodini qaytarib olgan Arsen Venger nomzodlari ko'rib chiqilgandan so'ng, Yevropa yetakchilari endi yangi variantni o'rganishmoqda.
UEFAning bir nechta rasmiylari "Real", "Barselona" va "Inter"ning sobiq futbolchisi Luis Figu nomzodini ilgari surmoqda. Biroq, 2015-yilda faoliyatini yakunlashdan oldin FIFA prezidentligi uchun o'z nomzodini qo'yishga uringan Figu UEFAda bir ovozdan qo'llab-quvvatlanmayapti. Shu sababli, muddat tugashiga qolgan so'nggi kunlarda muhokamalar davom etadi.
[FootMercato]