Manchester United «Bryugge» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda
«Manchester United» «Bryugge» himoyachisi Xoakin Seysni o'z safiga qo'shib olmoqchi, biroq Belgiya klubi futbolchini sotish niyatida emas.
HLN xabariga ko'ra, «Manchester United» «Bryugge» klubining chap qanot himoyachisi Xoakin Seysga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
«Bryugge» futbolchini sotishni istamayapti va hatto 40 million yevrolik rekord taklifni ham rad etishga tayyor.