O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Gongkong ustidan g‘alaba qozonib, Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘l oldi!
Kotrina Kulbite boshqaruvidagi terma jamoamiz guruh bosqichida Filippin va Xitoy terma jamoalari bilan durang qayd etdi. Bugun esa futbolchilarimiz Gongkong terma jamoasi ustidan g‘alaba qozonib, muhim uch ochkoni qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston ayollar terma jamoasi guruh bosqichini 5 ochko bilan ikkinchi o‘rinda yakunladi va Osiyo o‘yinlarining chorak finaliga yo‘l oldi.
O‘zbekiston ayollar terma jamoasi XX Osiyo o‘yinlari guruh bosqichida Xitoy, Gonkong va Filippin terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Joriy yilning 19-sentabridan 4-oktabriga qadar Yaponiyaning Aichi–Nagoya shaharlarida XX Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.
Bugun mazkur nufuzli musobaqaning ayollar futboli bahslari uchun qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi "G" guruhidan joy oldi. Vakillarimiz guruh bosqichida Xitoy, Gonkong va Filippin terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
Ma’lumot uchun, Osiyo o‘yinlarining avvalgi — Xanchjou-2022 musobaqasida O‘zbekiston ayollar milliy terma jamoasi tarixiy natija qayd etib, 4-o‘rinni egallagan edi. Endilikda jamoamiz ushbu muvaffaqiyatni yanada yaxshilashni maqsad qilgan.