Hvan Xi Chan «Shalke» safiga o'tdi
Janubiy koreyalik hujumchi Hvan Xi Chan mavsum oxiriga qadar «Shalke» klubida ijara asosida o'ynaydi.
Hvan Xi Chan «Shalke» futbolchisiga aylandi.
Janubiy koreyalik hujumchi mavsum oxiriga qadar ijara huquqi asosida klub sharafini himoya qiladi.
Hvan Xi Chan 2018/19-yilgi mavsumda «Gamburg» safida to'p surgan. Bu jamoaning Ikkinchi Bundesligaga tushib ketganidan keyingi ilk mavsumi edi va u 21 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan hamda 2 ta golli uzatmani amalga oshirgan.