Leeds United gol muallifligi bo'yicha apellyatsiya berdi
Leeds United Nyukasl bilan o'yindagi gol muallifligi bo'yicha apellyatsiya berdi. Klub to'pni Jeyden Bogl emas, Dominik Kalvert-Lyuin kiritganini da'vo qilmoqda.
BBC jurnalisti Ien Dennisning yozishicha, «Lids» «Nyukasl»ga qarshi o'yinda 34-daqiqada kiritilgan gol yuzasidan apellyatsiya bergan.
«Oqlar» to'pni Jeyden Bogl emas, balki Dominik Kalvert-Lyuin darvozaga kiritganini ta'kidlashmoqda.
Endilikda gol muallifini aniqlashtirish uchun ushbu vaziyatni qayta ko'rib chiqadigan komissiya chaqiriladi.