CSKA Igdisamov qo'l ostida RPLda mag'lubiyatsiz odimlamoqda
Igdisamov boshqaruvidagi CSKA Rossiya chempionatida 7 o'yindan buyon mag'lubiyatga uchramayapti. Jamoa starti tarixiy natijaga yaqin.
❤️ CSKA Igdisamov tayinlanganidan keyin RPLdagi eng yaxshi jamoaga aylandi: armiyachilar 40 yoshli mutaxassis 2026-yilning may oyida kelganidan buyon chempionatning 7 ta o'yinida mag'lubiyatga uchramadi. Shu vaqt ichida CSKA 17 ochko jamg'ardi — bu Krasnodar (15), Zenit (15), Spartak (13) va liganing boshqa klublaridan ko'proq.
CSKA yangi murabbiy bilan oxirgi marta 1998-yilda bunchalik yaxshi start olgandi: o'shanda Rossiya chempionatining dastlabki 7 turidan keyin Dolmatov qo'l ostidagi qizil-ko'klar 18 ochkoga ega bo'lishgan.
Igdisamov, shubhasiz, katta futbolga shiddat bilan kirib keldi. Biroq, bunga xizmat qilgan bir qator jihatlarni hisobga olish kerak:
• CSKA 7 ta o'yindan 6 tasini o'z uyida o'tkazdi. Yagona safar o'yini o'sha yili FNLga tushib ketgan Nijniy Novgorodga qarshi bo'lgan.
• CSKA RPLning top-klublari bilan atigi ikki marta to'qnash keldi — ikkala safar ham inqiroz davrini boshdan kechirayotgan Lokomotiv bilan. Qolgan o'yinlar autsayderlar yoki o'rtamiyonalarga qarshi kechdi (Krilya va Rostov bilan ochko yo'qotildi).
Umuman olganda, Igdisamovni RPLdagi muvaffaqiyatli start bilan tabriklaymiz, ammo u va CSKA uchun asosiy sinovlar hali oldinda. Shunda uning barcha murabbiylik qobiliyatlariga baho beramiz.