Mussa Diabi transferi bo'yicha vaziyat o'zgardi
Mussa Diabi transferi bo'yicha vaziyat o'zgardi. «Al-Ittihod» futbolchini sotish uchun 40 million yevrodan ortiq taklif kutmoqda.
Mussa Diabi atrofidagi vaziyat keskin o'zgardi. Itti Studio xabariga ko'ra, «Al-Ittihod» rahbariyati «Bayer» taklifini kutganlaridan past deb hisoblamoqda. Avvalroq klub futbolchini sotishga tayyor edi, biroq hozir vaziyat boshqacha: agar taklif 40 million yevrodan oshsa, rahbariyat transferga rozilik berishi mumkin.
Murabbiy Yens Fisher fransiyalik futbolchiga ishonch bildirmoqda va unga mavsumoldi mashg'ulotlarida katta imkoniyat bermoqda.