Gavi «Barselona»dan ketmaydi
Gavi agenti Ivan de la Penya futbolchining «Barselona»dan ketishi haqidagi mish-mishlarni rad etdi va hech qanday muzokaralar bo'lmaganini ma'lum qildi.
Sport xabariga ko'ra, Gavi agenti Ivan de la Penya yarim himoyachining «Barselona»dan ketishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarni rad etdi.
Men hech kim bilan muzokara olib bormadim. Gavi qoladi.
«Napoli» yoki boshqa klublar bilan hech qanday aloqa bo'lmagan.