#Ivan Karpov — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Gazprom va Galatasaray hamkorligi haqidagi xabarlar rad etildi

Gazprom va Galatasaray hamkorligi haqidagi xabarlar rad etildi

Gazprom'ning Galatasaray stadioni nomini sotib olishi va Batrakov transferi haqidagi xabarlar rad etildi. Ivan Karpov bu ma'lumotlarni uydirma deb atadi.

Gazprom Galatasaray stadioniga nom berish huquqi uchun 50 million yevro to'lashi va RAMS Park'ni Gazprom Park deb o'zgartirishi haqida xabarlar tarqaldi. Go'yoki rossiyaliklar Aleksey Batrakovning transferidan so'ng Turkiya chempioni bilan 3 yillik shartnoma imzolamoqchi. Bu haqda Ivan Karpov o'z kanalida ma'lum qildi.

Lexa, albatta, zo'r, lekin bu mutlaqo uydirma! Tabiiyki, men bunday narsani xabar qilmaganman.

Shuningdek, hozirgi kunda Turkiya matbuotida quyidagi sarlavhalar ham aylanmoqda:

• Gazprom nafaqat stadion nomini, balki Batrakovning huquqlarini ham sotib oladi.
• Gazprom raqibni kuchsizlantirish uchun Kislyakni CSKA'dan sotib olishga pul ajratadi.
• Putin shaxsan Galatasaray'ning navbatdagi o'yinini tomosha qilish uchun keladi.
• Galaktionov Lokomotiv'dan tovon puli kutmoqda, uni Galatasaray'ning barcha uy o'yinlariga VIP-abonement sotib olishga sarflaydi.