Sidney Govu: «Fonseka g'olib murabbiy emas»
«Lion» sobiq futbolchisi Sidney Govu jamoa bosh murabbiyi Paulo Fonsekaning ish uslubini tanqid qildi.
🎙️ Sidney Govu:
«Va hal qiluvchi o'yindagi bu yangi muvaffaqiyatsizlik o'ylantirib qo'ymoqda. U o'z o'yinlarini yaxshi tayyorlaydigan juda yaxshi taktik, ammo menda uning jamoa bilan ishlashiga nisbatan savollarim ko'p. Qachonki har safar muhim o'yinlarda mag'lub bo'lsangiz, gap endi taktikada emas.
U yaqin vaqt ichidagi «Lion»ning eng yaxshi murabbiyi ekanligini aytgandi, lekin faqat raqamlar muhim emas. Jak Santinida ochkolar bo'yicha eng yaxshi o'rtacha ko'rsatkich bo'lmagan, ammo u «Lion» bilan Liga kubogi va chempionlik unvonini yutgan.
Men Fonsekani g'olibdan ko'ra, ko'proq natijaga intiladigan va o'yinni nazorat qilishni xohlaydigan inson sifatida qabul qilaman».