Turkiyalik hujumchi Jenk Tosun "Beshiktosh" jamoasiga bo'lgan iliq munosabati va uni sog'ingani haqida gapirdi.
Jenk Tosun: "Beshiktosh" — mening uyim. Men yoshligimdan "Beshiktosh"ga muxlislik qilaman. Men "Beshiktosh" o'yinlarini tomosha qilib ulg'ayganman. Keyin Alloh menga "Beshiktosh"da o'ynash imkoniyatini nasib etdi. Klub haqida menda faqat ijobiy xotiralar qolgan. Albatta, uni sog'inaman.
Jenk Tosun Fenerbaxchega o'tishi xato bo'lganini tan oldi, ammo bu qaroridan afsuslanmasligini ta'kidladi.
Jenk Tosun: "Men Fenerbaxchega o'tganimdan afsuslanmayman. Ammo Fenerbaxchega o'tish xato bo'lganmi? O'ylaymanki, ha. Klub afsonasiga aylangan va muxlislarning ajralmas qismiga aylangan inson uchun boshqa katta klubga o'tish, nazarimda, xato edi. Lekin mendan bu haqda afsuslanasizmi, deb so'rashsa, yana aytaman, yo'q.
Men bolaligimdan Beshiktashga muxlislik qilaman. Futbolchilik faoliyatimni Beshiktashda yakunlashni orzu qilgandim. Biroq menga shartnoma taklif qilishmadi. Evertondan Beshiktashga qaytganimdan so'ng, ikki yil ichida 30 ga yaqin gol urdim va 15 ta golli uzatmani amalga oshirdim. Shunga qaramay, menga baribir shartnoma taklif qilishmadi.
Men juda yaxshi saviyada edim. Chempionlik uchun kurashadigan jamoaga o'tishni xohladim. Bu mening haqqim edi".