Didye Digar: «Lans»ni har doim yaxshi ko'rganman»
Didye Digar «Lans» klubiga va uning muxlislariga bo'lgan hurmati hamda muhabbati haqida gapirib o'tdi.
Didye Digar «Lans» va uning muxlislariga bo'lgan muhabbati haqida gapirdi:
Men har doim «Lans» va uning muxlislariga qoyil qolganman.
Bu tuyg'u menda «Gav» davridan beri qolgan, o'shanda biz bu yerga yoshlar jamoasi bilan kelardik. Bu yerga tashrif buyurish har doim o'zgacha narsa.
Mening ilk aniq xotiralarim eng yoqimli lahzalar bilan bog'liq emas — bu «Lion» bilan chempionlik unvoni uchun kurash edi. Ammo bularning barchasini kuzatish, Jerve Martel kabi insonning xarizmasini his qilish — bu haqiqatan ham ilhomlantirardi.
Bu men har doim yaxshi ko'rgan klub. O'ylaymanki, Fransiyadagi ko'pchilik bu yerda qilinayotgan ishlarga qoyil qoladi.