Manchester United rahbariyati Kerrikning o'yin uslubidan norozi
Jeyson Byortning yozishicha, «Manchester Yunayted» rahbariyati va xodimlari Maykl Kerrikning o'yin uslubidan hamda jamoaning progress qilmayotganidan norozi.
Jeyson Byort, The Telegraph xabariga ko'ra:
Kerrik to'laqonli bosh murabbiy etib tayinlanganidan buyon «Manchester Yunayted»ning o'yin uslubida hech qanday o'sish kuzatilmayapti va bu klub ichida xavotir uyg'otmoqda.
Parda ortida xodimlar o'z noroziliklarini bildirib, jamoa faqat qarshi hujumlarga haddan tashqari bog'lanib qolganini ta'kidlashmoqda.