Jo Xart "Manchester Siti"ning joriy mavsumdagi imkoniyatlari haqida fikr bildirdi
Jo Xart "Manchester Siti"ning joriy mavsumdagi holati va jamoaga bo'lgan bosim haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
💬 Jo Xart "Manchester Siti" haqida:
"O'ylashimcha, "Manchester Siti" bu mavsumga juda katta umidlar bog'lamayapti. Ular hamon o'zlarida sovrinlar uchun kurashishga yetarli darajada kuchli jamoa va sifat bor deb hisoblashadi. Nazarimda, ular barcha turnirlarda muvaffaqiyatga erishishga intilishadi. Ammo, menga shunday tuyulyaptiki, klubga bu mavsumda avvalgidek bosim bo'lmaydi..."