Diego Karlos «Komo»ga qaytmoqchi
João Guerra xabariga ko'ra, Diego Karlos «Fenerbaxche»dan ketib, «Komo»ga qaytmoqchi.
🔵 Diego Karlos «Komo»ga qaytishni istamoqda.
João Guerra (GE) xabariga ko'ra, 33 yoshli himoyachi o'z faoliyatini o'tgan mavsumda ijara asosida to'p surgan «Komo» safida davom ettirmoqchi.
Diego Karlos «Fenerbaxche» rejalariga kirmayapti va Turkiya klubini tark etishi mumkin.
«Komo»ga o'tish «Fenerbaxche» bilan shartnoma bekor qilingan taqdirda amalga oshishi mumkin.