Diego Simeone: "Julian Alvarez muxlislar kutgan o'yinchi bo'lishga yaqin"
Diego Simeone Julian Alvarez, Kuti Romero va jamoada sog'lom raqobat muhimligi haqida gapirdi.
Diego Simeone o'yindan keyingi matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi.
Julian Alvarez haqida:
Muxlislarning munosabati har doim futbolchilarning maydonda borini berishiga bog'liq. Julian o'zini butunlay bag'ishlaydi. U buni "Alaves"ga qarshi o'yinda ham ko'rsatgandi, bugun esa gol urishiga sal qoldi. U "Atletiko" muxlislari ko'rishni istaydigan futbolchiga aylanishga tobora yaqinlashmoqda.
Hujumchi tanlovi haqida:
Jamoada sog'lom raqobat bo'lishi yaxshi. Biz sovrinlar yutgan va katta muvaffaqiyatlarga erishgan davrlarimizda bu har doim muhim bo'lgan.
Kuti Romero haqida:
Biz Kuti Romeroni 2 yil oldin olmoqchi edik, ammo afsuski, yana bir yil kutishga to'g'ri keldi. U o'zgacha futbolchi. Unda obro', xarakter va yetakchilik fazilatlari bor. Bu fazilatlar yo sizda bor, yo yo'q, unda esa bular mavjud. U jamoadoshlariga hurmat ko'rsatgan holda, qanday darajadagi futbolchi ekanligini ham namoyish etadi.
Jonni Kardoso haqida:
U juda yaxshi formada. "Real Sosedad"ga qarshi o'yinda maydonga tushib, yuqori saviyani ko'rsata boshladi va klub izlagan futbolchiga aylanmoqda. Morten Yulman ham maydonga tushib, yaxshi o'yin ko'rsatdi. Bu bizga barchaga tayanib ish ko'rishi kerak bo'lgan jamoa tarkibida variantlar taqdim etadi.