Ilenixena transferi atrofidagi vaziyatga oydinlik kiritildi
Ilenixena transferi atrofidagi vaziyat. "Sevilya" va "Al-Ittihod" o'rtasidagi muzokaralar tafsilotlari ma'lum bo'ldi.
❤️ Zona Mixta xabariga ko'ra, Ilenixena transferi bilan bog'liq vaziyat quyidagicha:
• Dastlab klublar o'rtasida 2 million yevro evaziga ijara shartnomasi kelishib olingan edi.
• Hujumchi yiliga soliqlarigacha 8 million yevro maosh oladi va u "Sevilya"ga o'tish uchun maoshining 70 foizidan voz kechishga rozi bo'lgan.
• "Al-Ittihod"ni moliyalashtiruvchi tashkilot bitimni ma'qullamasligini bildirib, ijara emas, balki to'liq transferni talab qilgan.
• "Sevilya" tomonidan transferning imkonsizligi haqida aniq xabar berilgan. FootMercato'ning 10 million yevro haqidagi ma'lumoti esa yolg'on.
• Hozirgi vaqtda har ikki klub ham bitim barbod bo'lgan deb hisoblamaydi va transfer oynasining so'nggi kunlari yaqinlashgani sari kelishuvga erishishdan umidvor.