Andre-Frank Zambo-Angissa mavsum yakunida «Napoli»ni tark etadi
Andre-Frank Zambo-Angissa shartnomasi muddati tugagach, «Napoli»dan ketadi. Jovanni Skotto xabariga ko'ra, futbolchi yangi shartnoma bo'yicha kelisha olmagan.
Andre-Frank Zambo-Angissa shartnomasi muddati tugagach, «Napoli»dan ketadi.
Il Roma jurnalisti Jovanni Skotto ma'lumotiga ko'ra, kamerunlik futbolchi klub bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erisha olmagan va mavsum yakunida jamoani tark etadi.
Muzokaralar goh boshlanib, goh to'xtab, yana qayta tiklanib turdi va nihoyat, hammasi yakuniga yetgan ko'rinadi.