Junior Olaytan muxlislardan uzr so'radi
Junior Olaytan "Qosimposho" bilan o'yindagi durangdan so'ng muxlislarga murojaat qilib, uzr so'radi.
Junior Olaytan: "Ikki to'plik ustunlikni boy berish juda alamli bo'ldi. Bugun o'z o'yinimni ko'rsata olmadim, bundan ham yaxshiroq harakat qila olishimni bilaman. Muxlislarimizdan chin dildan uzr so'rayman. Sizning qo'llab-quvvatlashingiz biz uchun har doim qadrli. Biz javobgarlikni o'z zimmamizga olamiz, yuz bergan holatdan xulosa chiqaramiz va yanada kuchliroq bo'lib qaytamiz". 🖤