Kalidu Kulibali: «Al-Garafa» bilan o'yinda bor kuchimiz bilan harakat qilamiz»
Kalidu Kulibali «Al-Garafa»ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlari va jismoniy holati haqida gapirib o'tdi.
🏆 Kulibali:
Biz raqibimiz, Qatar klubi «Al-Garafa»ni hurmat qilamiz va bu o'yinda maksimal kuch hamda tayyorgarlik bilan maydonga tushamiz. Maqsadimiz – chempionlikni qo'lga kiritish.
Osiyo Chempionlar ligasi – biz uchun muhim va qadrli turnir, biz uni yutishni istaymiz. Buning uchun katta jamoaviy mehnat talab etiladi.
O'yinlarning tig'iz taqvimi – futbolning bir qismi, shu bois xafa bo'lish yoki o'zimizni yomon his qilishimiz kerak emas. Biz bunga moslashib, har qanday qiyinchilikni yengib o'tishimiz lozim.
Jahon chempionatidan so'ng jarohatga duch keldim va bu men uchun juda og'ir kechdi. Ammo muxlislarimiz «Al-Hilol» safida ko'rishni istagan darajaga qaytish uchun barcha qiyinchiliklarni yengib o'tishga tayyorman.
Men o'z darajamga qaytish uchun qo'limdan kelganini qilishga va'da beraman, ayniqsa, so'nggi paytlarda ayrimlar o'yinimdan norozi bo'lganini hisobga olsak.
Jahon chempionati davri murakkab kechdi, men imkon qadar tezroq qaytishga harakat qildim, ammo bu ko'proq vaqt talab qiladi. Men qoniqarli darajaga qaytish hamda sizlarning, shuningdek, murabbiy va jamoadoshlarimning ishonchini oqlash uchun astoydil mehnat qilaman.