Inter Kalvin Bassi transferiga qiziqish bildirmoqda
«Inter» «Fulxem» himoyachisi Kalvin Bassini kuzatmoqda. Futbolchi o'zining universalligi bilan milanliklar e'tiborini tortgan.
«Inter» Kalvin Bassi atrofidagi vaziyatni kuzatib bormoqda. 1999-yilda tug'ilgan futbolchining «Fulxem» bilan shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan.
Milan klubi nigeriyalik futbolchining o'yinini diqqat bilan kuzatmoqda. U o'zining universalligi bilan yuqori baholanadi: Bassi markaziy himoyachi, uchlikdagi chap markaziy himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida o'ynashga qodir.
TEAMtalk xabariga ko'ra.