Kes Kvakman: «Ayaks»ga tezkor hujumkor futbolchi yetishmayapti»
Kes Kvakman «Ayaks»ning o'yin uslubini tanqid qildi va jamoaga tezkor futbolchi yetishmayotganini ta'kidladi.
Kes Kvakman «Ayaks»ning o'yin uslubi va tarkibdagi muammolar haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:
«Ayaks» qarshi hujumlarda juda yomon o'ynamoqda. Jamoaga haqiqatan ham tezlik va tezkor hujumlarda xavf tug'dira oladigan futbolchi yetishmayapti. Bunday o'yinchi sifatida Adingrani ko'rish mumkin edi.
Yoki Gluxmi? Yo'q, unga ham himoyachilar ortiga yugurish qobiliyati yetishmaydi. U shunchaki noto'g'ri qarorlar qabul qilish qiroli. Va hozir buni yana ko'rsatdi. U qanchalik ko'p vaziyatda pas berishi mumkin edi, lekin buni qilmaydi!»