Keylian Abdalla: «Tarragona»dagi ijara menga katta tajriba bo'ldi»
Keylian Abdalla «Tarragona»dagi ijara muddati uning rivojlanishiga qanday ta'sir qilgani haqida gapirib berdi.
Keylian Abdalla:
«Mening «Tarragona»dagi ijaram? Bu menga oldinga katta qadam tashlashimga yordam berdi.
Men Marseldagi qulaylik zonasidan chiqib ketdim, yolg'iz qoldim va butunlay o'zimga tayanib qoldim.
Ham ruhiy, ham jismoniy tomondan u yerdan ancha yetukroq bo'lib qaytdim.
Gol urish menga yoqadi va men gol urishda davom etishni xohlayman. Agar aynan shunday fikrlasam, orqaga chekinmasdan yoki shunchaki qanot bo'ylab to'p surmasdan, rivojlana olaman.»