#Klaudio Echeverri — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Manchester City Klaudio Echeverrini ijaraga bermoqchi

Manchester City Klaudio Echeverrini ijaraga bermoqchi

Manchester Siti Klaudio Echeverrini ijaraga yuborishga qaror qildi. Futbolchiga Benfika, Real Betis va Sheffild Yunayted da'vogarlik qilmoqda.

⚡️ Manchester Siti Klaudio Echeverrini ijaraga yuborishga qaror qildi.

Argentinalik futbolchining xizmatlariga Benfika, Real Betis va Sheffild Yunayted qiziqish bildirmoqda.

‼️ Luis Merlo

O'ng ustun yangiliklari

Claudio Echeverri: "Benfica har bir o'yinda kurashishga tayyor"

Claudio Echeverri: "Benfica har bir o'yinda kurashishga tayyor"

Klaudio Echeverri "Seltik" bilan o'yindan so'ng "Benfika"dagi moslashuv jarayoni, Yevropa ligasidagi maqsadlar va murabbiy Marku Silva haqida gapirdi.

Klaudio Echeverri "Seltik"ga qarshi o'yindan so'ng jurnalistlarning savollariga javob berdi:

• O'yin tahlili va Yevropa ligasidagi ikki g'alabaning ahamiyati haqida:

"Men bu ikki g'alabadan juda xursandman. Barchamiz juda xursandmiz. Jamoa juda yaxshi ishlamoqda va bu hali boshlanishi".

• "Benfika"dagi moslashuv jarayoni haqida:

"Aslida, Portugaliyaga kelganimdan beri o'zimni juda baxtli va qulay his qilyapman. Jamoadoshlarim menga juda yaxshi munosabatda bo'lishyapti, xuddi butun jamoa va "Benfika" xodimlari kabi. Bu yerda ekanligimdan juda xursandman".

• Yevropa ligasidagi maqsadlar haqida:

"Benfika" har bir o'yinda va har bir musobaqada kurashishga tayyor. Biz ochkolar uchun kurashishda davom etamiz, hatto bu yerda, Yevropa ligasida ham. Bu guruh va murabbiy uchun kim o'ynashi, kim o'ynamasligini hal qilish uchun juda yaxshi turnir".

• Marku Silva bilan ishlash haqida:

"Murabbiy bizga ulkan ishonch bag'ishlaydi. Samarali mashg'ulotlarimiz tufayli unga asosiy tarkibni tanlash qiyin. Albatta, hamma o'ynashni xohlaydi va barchamiz tayyormiz".

• Prestianni bilan munosabatlar haqida:

"Janluka — mening yaqin do'stim. Men uni bolaligimdan bilaman va biz uzoq vaqt birga o'ynaganmiz. Men ham u uchun, ham u boshdan kechirayotgan damlar uchun juda xursandman".