#Kollinz — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Tobias Shtiler bahsli epizodlar yuzasidan izoh berdi

Tobias Shtiler bahsli epizodlar yuzasidan izoh berdi

Hakam Tobias Shtiler o'yin davomidagi bahsli vaziyatlar, xususan, Robin Kox va Kollinz ishtirokidagi epizodlar bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

💬 Tobias Shtiler bahsli epizodlar yuzasidan izoh berdi:

• Zakariya El-Uaxdi va Robin Kox o'rtasidagi to'qnashuv:

Maydonning o'zidayoq menda ushbu epizod haqida aniq taassurot shakllangan edi. Robin Kox klassik tarzda korpus bilan kuch ishlatdi: yelka va tanasini qo'ydi, biroz sakradi va raqib bilan kontaktga kirdi. Menda yakkakurashlarda, ayniqsa yuqori qismdagi kontaktlar haqida gap ketganda, ruxsat etilgan qattiqqo'llik chegarasi bor. Jarima maydonchasi ichida bu chegara yanada yuqoriroq. Qaror qabul qilishim kerak bo'lgan o'sha lahzada darhol o'yladim: bu kontakt qoidabuzarlik uchun yetarlimi? Ruxsat etilgan chegara oshib ketdimi? Maydonda men yo'q deb qaror qildim.
Biroq videotakrorlarni ko'rib chiqqach, penalti belgilash to'g'riroq qaror bo'lardi, deb tushunib turibman.
Shu bilan birga, men o'zining dastlabki qarorimni mutlaqo xato deb hisoblamayman. Shuning uchun VAR uni qo'llab-quvvatlagani yaxshi bo'ldi. Biz aynan shuni xohlaymiz: hakam epizod haqida aniq tasavvurga ega bo'lgan holda mustaqil qaror qabul qilishi kerak. Shuning uchun ta'kidlayman: bu yerda VAR aralashuvi mutlaqo talab qilinmasdi. Garchi to'g'riroq qaror, ehtimol, baribir o'n bir metrlik jarima zarbasi bo'lardi.

• Kollinz ishtirokidagi to'qnashuv:

Mening fikrimcha, Kollinz faqat to'pga qaragan. U to'p tomon harakatlangan, uni o'tkazib yuborgan va shunchaki harakatini davom ettirgan. Raqib tomon qo'shimcha harakat, yelka bilan ataylab urish yoki yuz qismiga qaratilgan maxsus harakat bo'lmagan. Shu sababli, ikkinchi sariq kartochka va keyinchalik chetlatish uchun asos ko'rmayapman.

O'ng ustun yangiliklari

Hozircha yangilik yo'q.