Leverkusen Moussa Diabini qaytarmoqchi
Kölner Stadt-Anzeiger xabariga ko'ra, «Leverkuzen» Ibraima Mbaye transferidan voz kechib, Mussa Diabini qaytarishga harakat qilmoqda.
Ishonchli Kölner Stadt-Anzeiger nashri xabariga ko'ra, «Leverkuzen» Ibraima Mbaye transferidan asta-sekin voz kechmoqda va «Al-Ittihod» futbolchisi Mussa Diabini jamoaga qaytarishni ustuvor vazifa deb bilmoqda.
Rasmiy versiyaga ko'ra, Mbaye bilan bog'liq kelishuv juda qimmatga tushmoqda. Biroq, aslida gap boshqa omilda bo'lishi ham mumkin.