Tuomas Olila "Parij"dan ketishi kutilmoqda
Tuomas Olila "Parij"ni tark etishi deyarli aniq bo'lib turibdi. Futbolchiga "Gengam" va boshqa klublar qiziqish bildirmoqda.
🛡️ Laurent Pruneta xabariga ko'ra, Tuomas Olila masalasi bo'yicha vaziyat quyidagicha:
U kecha mashg'ulotda hozir bo'lgan, ammo Rossenyorning "Anje"ga qarshi o'yin oldidan o'tkazgan ko'rsatmalarida ishtirok etmagan. "Gengam" futbolchiga juda qiziqish bildirmoqda, ammo bu unga da'vogarlik qilayotgan yagona klub emas. Uning "Parij"dan ketishi deyarli aniq. Jamoa tarkibini qisqartirish ishlari davom etmoqda.