Lewis Hall shartnomasida tovon puli belgilanmagan
Craig Hope xabariga ko'ra, Lewis Hallning «Newcastle» bilan yangi shartnomasida tovon puli belgilanmagan. «Manchester United» futbolchiga qiziqish bildirmoqda.
🗣️ Craig Hope, Daily Mail:
Lewis Hallning «Newcastle» bilan yangi kelishuvida tovon puli (klauzula) ko'zda tutilmagan.
«Manchester United» futbolchini o'z safiga qo'shib olish variantiga yana qaytishi kutilmoqda.
Shu bilan birga, yangi shartnoma «Newcastle»ga himoyachi uchun yuqori narxni bemalol ushlab turish imkonini beradi.