Shahnoza Qurbonova: Buxoro-W va Lokomotiv-W uchrashuvi haqida
Buxoro-W va Lokomotiv-W uchrashuvi qahramoni Shahnoza Qurbonova o'yin haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi.
Shahnoza Qurbonova (Buxoro-W — Lokomotiv-W o'yini qahramoni)
Bugungi o'yin qiyin kechishini oldindan bilgandik. Kutganimizdek, bahs ancha murakkab va murosasiz o'tdi. Raqibimiz kuchli jamoa, ammo bu safar biz ustunlik qildik va g'alabani qo'lga kiritdik. Bundan juda xursandman.