Lui Saa: «Manchester Yunayted» o'yinchilari doimiy ravishda yuqori tezlikda harakat qilishlari kerak
Lui Saa «Manchester Yunayted» o'yinchilarining o'yin sur'ati va jismoniy holati haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Lui Saa:
«Qachonki ular tezlikni oshirishga qaror qilishsa, haqiqatan ham «Manchester Yunayted»dek ko'rinishadi — ularda sifat bilan bog'liq hech qanday muammo yo'q.
Ammo ba'zida ular xuddi xayriya o'yini sur'atiga rozi bo'lgandek tuyulishadi. Bu hayratlanarli.
O'yinchilar maksimal tezlikda harakat qilishlari kerak. Agar 70–80 daqiqadan so'ng ularda kuch qolmasa, ularni almashtirish kerak».