Bari muxlislari klub egalariga qarshi norozilik namoyishini davom ettirmoqda
Bari muxlislari klub egalari De Laurentislar oilasiga qarshi norozilik sifatida o'yinlarga kelmayapti. Ular klubning sotilishini talab qilishmoqda.
Italiya kubogi (Coppa Serie C) doirasidagi o'yinlarda tribunalar yana bo'sh qolmoqda.
«Bari» muxlislari klub egalari — De Laurentislar oilasiga qarshi urush olib bormoqda. Oila boshlig'i Aurelio De Laurentis «Napoli»ga egalik qilsa, uning o'g'li Luidji «byankorossi» prezidenti hisoblanadi. «Bari» C seriyaga tushib ketganidan so'ng, klub muxlislari De Laurentislar jamoani sotmaguniga qadar uy uchrashuvlariga tashrif buyurishdan bosh tortishmoqda.
Qonunga ko'ra, De Laurentis 2028-yilgacha «Bari» yoki «Napoli»dan birini sotishi shart. Shu sababli, u klubga sarmoya kiritishdan manfaatdor emas, muxlislar esa kelajagi porloq va ambitsiyali loyihani talab qilishmoqda.
«Multiproprieta» amaliyoti — klublar va ular bilan bog'liq kompaniyalar bir xil egalar tomonidan nazorat qilinishi.