Dele Alli «Tottenxem»dagi eng sevimli xotirasini esladi
Dele Alli «Tottenxem» safidagi eng yorqin xotirasi sifatida «Ayaks»ga qarshi o'yinni tilga oldi.
🎙️ Dele Alli «Tottenxem»dagi o'zining eng sevimli lahzasini aytdi:
«Men «Ayaks»ga qarshi o'yinni aytishim kerak. Birinchi bo'limdan keyin 0:3 hisobida yutqazayotgan edik, tanaffusdan so'ng maydonga chiqqanimizda butun stadion Bob Marley qo'shig'ini kuylayotgandi, bu g'alabaga bo'lgan xohishni yanada kuchaytirdi. O'yin yakunida gol urish va, albatta, Lukasning aqlbovar qilmas xet-trigini ko'rish — bu juda ta'sirli lahza edi». 🤍