Ayaks Gertryuda uchun kurashga qo'shildi
"Ayaks" "Feyenoord" himoyachisi Lyutsharel Gertryudaga qiziqish bildirmoqda. Futbolchining o'zi esa ijtimoiy tarmoqlarda sirli xabar qoldirdi.
"Ayaks" "Feyenoord" himoyachisi Lyutsharel Gertryudaga qiziqish bildirmoqda. Avvalroq rotterdamliklar tarbiyalanuvchisi "PSV"ga o'tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
Himoyachi esa ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasida qiziqarli storis joylab, mish-mishlarga yanada olov qo'shmoqda.
"Feyenoord" afsonasi El-Ahmadi vaziyat haqida shunday dedi: "O'ylashimcha, "Ayaks" bu borada juda katta qadam tashlamoqda".