«Al Nassr» — «Neftchi» uchrashuvini xitoylik hakamlar boshqaradi
«Neftchi» jamoasining AFC Chempionlar Ligasi Elitasi doirasidagi «Al Nassr»ga qarshi o‘yinini boshqaradigan rasmiylar ro‘yxati ma’lum bo‘ldi.
Xabaringiz bor, jamoamiz 12-oktyabr kuni AFC Chempionlar Ligasi Elitasi musobaqasining 2-bosqichida Saudiya Arabistonining «Al Nassr» klubiga qarshi maydonga tushadi.
Mazkur uchrashuv uchun Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (AFC) tomonidan uchrashuv rasmiylari tayinlandi:
🔹 Match komissari: Bassem Ez Zuhairi (Livan)
🔹 Hakamlar inspektori: Ismoil Adnan Ismoil Alxof (Iordaniya)
🔹 Bosh hakam: Ma Ning (Xitoy)
🔹 1-yordamchi hakam: Chjou Fey (Xitoy)
🔹 2-yordamchi hakam: Luo Chjen (Xitoy)
🔹 To‘rtinchi hakam: Chjan Ley (Xitoy)
🔹 VAR hakami: Fu Min (Xitoy)
🔹 VAR yordamchi hakami: Du Syanxin (Xitoy)
🔹 VAR axborot xizmati xodimi: Maher Abdelrahim Madi Shenar (Iordaniya)