Manchester United Chempionlar ligasi debyutantiga yirik hisobda mag'lub bo'ldi
Manchester United Chempionlar ligasi debyutanti «Komo»ga qarshi o'yinda yirik hisobda mag'lubiyatga uchradi va antirekord qayd etdi.
«MYU» ilk bor 24 yil ichida Chempionlar ligasida debyutantga yirik hisobda mag'lub bo'ldi.
Bu mavsumgacha «Komo» hech qachon Chempionlar ligasida o'ynamagan: hali 2019 yilda klub Italiyaning to'rtinchi divizionida edi. «MYU»da esa so'nggi 7 ta o'yinda 0 ta g'alaba: bugun «Yunayted» Chempionlar ligasining ikki o'yinida ketma-ket 1- va 2-daqiqalarda gol o'tkazib yuborgan tarixdagi birinchi ingliz klubiga aylandi. Oxirgi marta «MYU» Chempionlar ligasi debyutantiga 2002 yilda yirik hisobda yutqazgan edi, o'shanda «Makkabi»ga (0:3) imkoniyat boy berilgandi.