Luka Modrichning qizi «Real Madrid» akademiyasiga o'tdi
Luka Modrichning qizi Ema «Real Madrid» ayollar akademiyasiga o'tdi. U avvalroq «Milan» va «Madrid CFF» jamoalarida to'p surgan.
🐐 Rasman: Luka Modrichning qizi Ema «Real Madrid» ayollar akademiyasiga qo'shildi.
U avvalroq «Milan» safida to'p surgan va aprel oyida «Inter»ni mag'lub etib, U-13 turniri g'olibi bo'lgan.
Italiyaga ko'chib o'tishidan avval Ema Ispaniyada «Madrid CFF» va «Madrid CFF 2010» jamoalarida o'ynab, 23 ta gol urishga muvaffaq bo'lgan.